Barchani Yakshanba kuni soat 14:00 da bo'lib o'tadigan CPUC Summer Contest musobaqasiga taklif qilamiz.
Musobaqa CP Uzbek Community jamiyati nomidan o'tkazilmoqda.
Musobaqada dasturlash bo'yicha o'z bilimlaringizni sinab ko'rishingiz mumkin. Sizni musobaqada qiziqarli topshiriqlar kutmoqda.
Musobaqada jami 8-10 ta topshiriq bo'lib, ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.
Musobaqa uchun sovrinlar
*Rasmiy ishtirokchilar
• Birinchi o'rin - 500'000 so'm
• Ikkinchi o'rin - 300'000 so'm
• Uchinchi o'rin - 200'000 so'm
Norasmiy ishtirokchilar
• Birinchi o'rin - 200'000 so'm
• Ikkinchi o'rin - 150'000 so'm
• Uchinchi o'rin - 100'000 so'm
Qo'shimcha nominatsiyalar
• Eng yaxshi yosh ishtirokchi - 100'000 so'm
• Eng yaxshi qiz ishtirokchi - 100'000 so'm
*Rasmiy ishtirokchilar Tashkent shahri RoboticsLab binosida qatnashuvchi ishtirokchilar hisoblanishadi